#Bayram_tuhfasi #Etirof
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda.
Navbatdagi e’tibor va g‘amxo‘rlik tadbiri Namangan viloyatidagi “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida o‘tkazildi.
Tadbir davomida bilim yurti jamoasidagi:
8 nafar mudarrisga 5 million so‘mdan moddiy yordam puli;
48 nafar mudarrisga esa oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi bayram hadyasi sifatida topshirildi.
Ustoz va murabbiylarning sharafli mehnatini qadrlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda bayram kunlarida ko‘nglini ko‘tarishga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslar izchil davom ettiriladi.
Ustozga ehtirom — ilmga ehtiromdir!
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Vaqf.uz sayti orqali o'zingiz xohlagan yo'nalishga ehson qilishingiz mumkin!