Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
“VAQF” XAYRIYA JAMOAT FON DI TOMONIDAN HAFTALIK AMALGA OSHIRILGAN XAYRIYA ISHLARI

#hafta_dayjesti
➖ Fondga murojaat qilib kelgan kam ta’minlangan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj 72 nafar fuqaroga zakot va xayriya mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida jami 313 mln. so‘m o‘tkazib berildi.

➖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-196-sonli qaroriga asosan davolanishga muhtoj 313 nafar fuqaroga 6 mlrd. 233 mln. 655 ming 134 so‘m mablag‘ ajratildi.

➖ PQ-67-sonli qaror bo‘yicha 131 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning davolanishi uchun 974 mln. 929 ming. 213 so‘m sog‘liqni saqlash muassasalariga o‘tkazib berildi.

➖ Fond va uning hududlardagi filiallari tomonidan ehtiyojmand va kam ta’minlangan 368 ta oilaga oziq-ovqat jamlanmalari hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari tarqatildi. Mazkur xayriya yordami uchun jami 168 mln. 414 ming so‘m mablag‘ sarflandi.

➖ Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi ishlashga yaroqsiz, og‘ir xasta Eshboyev Otabek Alisherovich hamda Toshkent shahri Bektemir tumanida istiqomat qiluvchi ishlashga yaroqsiz, og‘ir xasta Zokirov Zohid Nig‘matjonovich oilalari uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy uylar qurib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu xayrli loyihalar uchun jami 200 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz