#hafta_dayjesti 17.04.2026
– “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan zakot va ehson mablag‘lari hisobidan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, «Ko‘kaldosh», Mir Arab, Jo‘ybori Kalon, Sayyid Muhyiddin maxdum (https://t.me/vaqfuz/15432) o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida tahsil olayotgan 101 nafar talaba 743 mln 080 ming 115 so‘mlik to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi.
https://t.me/vaqfuz/15442
– Saxovatpesha yurtdoshlarimiz va homiylar ko‘magida uzoq yillardan beri uy-joyi bo‘lmagan 14 ta oilaga poytaxtimizning Sergeli tumanida qurilgan ko‘p qavatli uylardan tayyor xonadonlar sovg‘a qilindi.
https://t.me/vaqfuz/15431
– Fondga murojaat qilib kelgan 32 nafar fuqaroga zakot va xayriya mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida 132 mln. so‘m ularning plastik kartalariga o‘tkazib berildi.
– Toshkent viloyati Zangiota tumani “Asil” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaroning eski, xaroba holatdagi xonadoni fond tomonidan to‘liq ta’mirlab topshirildi.
– PQ-67-sonli qaror bo‘yicha 2 mlrd. 847 mln. 662 ming 607 so‘m sog‘liqni saqlash muassasalariga o‘tkazib berildi.
– Ehtiyojmand, kam ta’minlangan 223 ta oilaga 153 mln. 510 ming 500 so‘mlik oziq-ovqat jamlanmalari tarqatildi.
– Fondga biriktirilgan ziyoratgohlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish uchun 126 mln. 600 so‘m mablag‘ sarflandi.
– «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan sayyor tadbirlar doirasida Dang‘ara tumanida 100 ta ehtiyojmand oilaga 46 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi va ro‘zg‘or buyumlari, Qo‘qon shahridagi erkaklar saxovat uyiga 16 mln. 550 ming so‘mlik tagliklar va karcher uskunasi hadya qilindi.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi tarbuot xizmati