Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
“VAQF” XAYRIYA JAMOAT FONDI TOMONIDAN HAFTALIK AMALGA OSHIRILGAN XAYRIYA ISHLARI

#hafta_dayjesti
➖ Fondga murojaat qilib kelgan 67 nafar fuqaroga zakot va xayriya mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida jami 194 mln. so‘m o‘tkazib berildi.

➖ “Vaqf» xayriya jamoat fondi Andijon viloyati filiali hamda «Saxovat 2020» fondi hamkorligida saxovatpesha homiylarni jalb etgan holda viloyatdagi boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan 150 nafar ehtiyojmand aholi qatlamiga xayriya dasturxoni yozilib, homiylar hisobidan sovg‘alar topshirildi.

➖ PQ-67-sonli qaror bo‘yicha 162 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning davolanishi uchun 1 mlrd. 180 mln. 41 ming 457 so‘m sog‘liqni saqlash muassasalariga o‘tkazib berildi.

➖ Ehtiyojmand, kam ta’minlangan 338 ta oilaga 224 mln. 550 ming so‘mlik oziq-ovqat jamlanmalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va naqd pul mablag‘lari tarqatildi.

➖ Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi ehtiyojmand oilaning eski, xaroba holdagi uyi fond mablag‘lari hisobidan qayta qurilib foydalanishga topshirildi.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz