Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
“VAQF” XAYRIYA JAMOAT FONDI TOMONIDAN HAFTALIK AMALGA OSHIRILGAN XAYRIYA ISHLARI


➖ Fondga murojaat qilib kelgan kam ta’minlangan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj 62 nafar fuqaroga zakot va xayriya mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida jami 182 mln. so‘m o‘tkazib berildi.

➖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-196-sonli qaroriga asosan davolanishga muhtoj 576 nafar fuqaroga 9 mlrd. 229 mln. 592 ming 839 so‘m mablag‘ ajratildi.

➖ PQ-67-sonli qaror bo‘yicha 98 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning davolanishi uchun 1 mlrd. 259 mln. 609 ming. 702 so‘m sog‘liqni saqlash muassasalariga o‘tkazib berildi.

➖ Fond va uning hududlardagi filiallari tomonidan ehtiyojmand va kam ta’minlangan 412 ta oilaga oziq-ovqat jamlanmalari hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari tarqatildi. Mazkur xayriya yordami uchun jami 223 mln. 451 ming. 344 so‘m mablag‘ sarflandi.

➖ Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi ehtiyojmand, nogiron oilaning yashashga yaroqsiz uyi buzilib, “Vaqf” xayriya jamoat fondi va homiylar ko‘magida ajratilgan 130 mln so‘m evaziga zamonaviy yangi uy bunyod etildi. Shuningdek, xonadon zarur maishiy texnika va uy-ro‘zg‘or jihozlari bilan ta’minlandi.

➖ Sayyor xayriya tadbirlari doirasida Buxoro viloyati Kogon tumani hududida 100 ta ehtiyojmand oilaga 12 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi tarqatildi hamda Buxoro shahar ayollar “Muruvvat” uyiga qiymati 4,8 mln so‘m bo‘lgan konditsioner taqdim etildi.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz