#hafta_dayjesti
➖ Fondga murojaat qilib kelgan kam ta’minlangan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj 62 nafar fuqaroga zakot va xayriya mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida jami 256 mln. so‘m o‘tkazib berildi.
➖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-196-sonli qaroriga asosan davolanishga muhtoj 156 nafar fuqaroga 3 mlrd. 86 mln. 146 ming 22 so‘m mablag‘ ajratildi.
➖ PQ-67-sonli qaror bo‘yicha 199 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning davolanishi uchun 1 mlrd. 62 mln. 35 ming. 49 so‘m sog‘liqni saqlash muassasalariga o‘tkazib berildi.
➖ Fond va uning hududlardagi filiallari tomonidan ehtiyojmand va kam ta’minlangan 297 ta oilaga oziq-ovqat jamlanmalari hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari tarqatildi. Mazkur xayriya yordami uchun jami 137 mln. 735 ming so‘m mablag‘ sarflandi.
➖ O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida "Vaqf" xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan beshta hududda: Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Namangan, Andijon va Navoiy viloyatlarida jami 175 nafar yetim, kam ta’minlangan oila farzandlarining xatna to‘ylari o‘tkazildi. Ushbu xayriya sunnat to‘y tadbiriga jami 480 mln so‘m fond va homiylar tomonidan sarflandi
➖ Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan Xorazm viloyati Xonqa tumani Yangilanish mfyda istiqomat qiluvchi ishlashga yaroqsiz bemor Jumadurdiyev Quvondiq Kemal o‘g‘li oilasi uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy uylar qurib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu xayrli loyihalar uchun jami 200 million so‘m mablag‘ sarflandi.
Vaqf.uz sayti orqali o'zingiz xohlagan yo'nalishga ehson qilishingiz mumkin!
💳 5614 6837 7800 0018 "Vaqf xayriya" nomidagi karta.