Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
VAQF XAYRIYA KARVONI BUXOROI SHARIFDA

Mehr-oqibat va saxovat – azaliy qadriyatlarimiz.

«Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan Buxoro viloyatida yana bir xayrli va manfaatli tadbir amalga oshirildi.

Amalga oshirilgan xayriya ishlari:
Kogon tumanida: Kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi. Ushbu oilalarning 100 tasiga kundalik zarur oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi topshirildi.

Buxoro shahrida: Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollar yordam berish markaziga tashrif buyurilib, markazda yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida zamonaviy konditsioner va boshqa zarur maishiy texnikalar topshirildi.

Biz bilan birga saxovat ulashishda davom etayotgan va ehtiyojmand ko‘ngillarga quvonch ulashayotgan sizu bizdek barcha saxovatpesha insonlarga minnatdorchilik bildiramiz!

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz