Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
XAYRIYA QILISH YANADA OSONLASHDI

Qadrli yurtdoshlar! Saxovatpesha homiylar! O‘tgan davrda Sizning «Vaqf» xayriya jamoat fondi orqali qilgan ehsonlaringiz evaziga ko‘plab xayrli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda, minglab ehtiyojmand aholi qatlamiga moddiy-ma’naviy yordamlar ko‘rsatilyapti. Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida respublika bo‘ylab jami 16 mingga yaqin oilaga oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa natura ko‘rinishdagi mahsulotlar xayriya qilindi. 860 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan shaxslarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Shu davrda uyga muhtoj 18 ta oilaga homiylar ko‘magida to‘liq jihozlangan uy olib berildi. 20 ta kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning xonadonlari ta’mirlab berildi. Jarrohlik amaliyotini o‘tkazish va davolanishi, sog‘liklarini tiklashi uchun jami 718 nafar fuqaroga belgilangan mablag‘lar o‘tkazib berildi. Bu ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan xayrli ishlar xolos.
Albatta bu kabi xayrli ishlar Sizning ehsonlaringiz, xayriya mablag‘laringiz evaziga amalga oshirilmoqda. Endilikda ehson qiluvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida «Vaqf» xayriya jamoat fondi o‘z korporativ kartasini ishga tushirdi. Bu kartaning afzaliklari shundan iboratki, endilikda fuqarolar o‘z bank kartalari orqali istalgan xayriya mablag‘larini fond korporativ kartasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri, hech bir qiyinchiliklarsiz, barcha mobil ilovalar orqali o‘tkazishi mumkin.
Fond korporativ kartasi orqali ehson qiling, xayrli va savobli ishlarga o‘z hissangizni qo‘shing!

💳 5614 6837 7800 0018 "Vaqf xayriya" nomidagi karta.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz