O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatining turli hududlarida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
Mazkur xayrli tadbir O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan, «Vaqf» xayriya jamoat fondi Andijon viloyati filiali tomonidan amalga oshirildi.
📚 Yangi o‘quv yili arafasida ehtiyojmand oilalarni farzandlariga maktab formalari xamda zarur o‘quv qurollari olib berilmoqda.
🤲 Tadbirda «Vaqf» xayriya jamoat fondi Andijon viloyati filiali rahbari Xayrullo domla Sulaymonov ishtirok etib, ehtiyojmand oilalar farzandlarini Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi va ularga bayram sovg‘alarini topshirdi.