#Vaqf #Toshkent_viloyati
“Vaqf” xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati filiali tomonidan homiylar ko‘magida Qibray tumanida boquvchisini yo‘qotgan 78 ta oilaga xayriya yordami ko‘rsatildi.
Xayriya tadbiri doirasida har bir oilaga 1 million so‘mlik, jami 78 million so‘mga bir oylik ro‘zg‘orlik mahsulotlari tarqatildi.
🖊 Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ marhamat qiladilar:
“Kim bir mo‘minning dunyodagi g‘am-tashvishlaridan birini aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi g‘am-tashvishlaridan birini aritadi”. (Imom Muslim rivoyati)
Ushbu xayriya tashabbusi boquvchisini yo‘qotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kundalik ehtiyojlarini yengillashtirish hamda jamiyatda mehr-oqibat va saxovat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan.
Siz ham “Vaqf” bilan birga bo‘ling! Homiylik tashabbuslariga qo‘shilib, ehtiyojmand oilalarga quvonch ulashishda o‘z hissangizni qo‘shing. Zero, birgalikdagi saxovat ko‘plab insonlar hayotiga umid va yengillik olib kiradi.
_______________________________________-
Vaqf.uz sayti orqali o'zingiz xohlagan yo'nalishga ehson qilishingiz mumkin!
Ushbu kartaga ehson qiling!
💳5614 6837 7800 0018 "Vaqf xayriya" nomidagi karta.