Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
YAXSHILIGINGIZ JAVOBSIZ QOLMAYDI

"Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan har hafta davomida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida #Hafta_dayjesti rukni orqali muntazam ma'lumot berib borilmoqda.

Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan filiallarimiz tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda hamda ularga moddiy va ma'naviy ko‘maklar ko‘rsatilmoqda.

Albatta, ushbu xayrli ishlarning barchasi saxovatpesha xalqimizning ehson va xayriyalari evaziga amalga oshirilmoqda. Har bir ezgu amal ortida minglab insonlarning ehsoni, duosi, ishonchi va xayrixohligi mujassam.
Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi:

"Molini Alloh yo‘lida sarflaydiganlarning misoli xuddi bir dona urug‘ga o‘xshaydi. U yetti boshoq chiqaradi, har bir boshoqda yuztadan don bo‘ladi. Alloh O‘zi xohlagan kishiga bundan ham ortig‘ini ato etadi. Allohning fazli keng, U hamma narsani biluvchidir


(Baqara surasi, 261-oyat).

Darhaqiqat, Alloh yo‘lida ixlos bilan qilingan har bir ehson va ezgu amal aslo mukofotsiz qolmaydi.

Shu o‘rinda fuqarolarimizga muhim bir masalani eslatib o‘tmoqchimiz. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, xususan, turli telegram guruhlari va boshqa platformalarda yordam so‘rab ko‘plab murojaatlar e'lon qilinmoqda. Agar ana shunday murojaatlarga ehson qilish niyatida bo‘lsangiz, avvalo ularning haqqoniyligini sinchkovlik bilan tekshirishingizni tavsiya etamiz. Chunki ayrim hollarda firibgar shaxslar soxta murojaatlar orqali fuqarolarning ishonchidan foydalanishga urinayotgan holatlar ham uchramoqda.

Ehsoningiz haqiqatan ham ehtiyojmand insonlarga yetib borishini istasangiz, imkon qadar ishonchli manbalar va mas'ul xayriya tashkilotlari orqali xayriya qilishga harakat qiling.

🤲 Alloh taolo qilayotgan barcha ehson va xayriyalaringizni O‘z dargohida qabul aylasin, mushkul ahvolda qolgan insonlarning dardiga shifo, hojatlariga kifoya bersin. Yurtimizda mehr-oqibat, saxovat va birdamlikni yanada ziyoda aylasin.



BEMORLARGA MODDIY YORDAM


Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz