Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini Beruniy ko‘chasi 17-uyda yashovchi bir oilaning holati, oila a’zolarining yashash sharoiti havas qiladigan darajada emas edi. Oila boshlig‘i 2017-yilda vafot etganligi bois besh nafar farzand bilan yolg‘iz qolgan Mehriban Qoshimbetova hayotda ancha qiynalib, turmushning og‘ir sinovlariga  dosh berib kelayotgandi. Ushbu oilaga ko‘mak berish, yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali homiylarni jalb qilgan holda xayrli ishni amalga oshirishdi. Ushbu manzildagi eski uy to‘liq buzilib, o‘rnida barcha zamonaviy sharoitlarga...

Муборак Рамазон ойи муносабати билан Ўзбекистон мусулмонлари идораси ҳузуридаги “Вақф” хайрия жамоат фонди томонидан ҳомийларни жалб қилган ҳолда кўплаб хайрия тадбирлари ташкил этилмоқда. Ўзгалар парваришига муҳтож, эҳтиёжманд оилалар ҳолидан хабар олиниб, бундай оилалар хонадонига ҳам рамазон шукуҳи олиб кириляпти. “Вақф” хайрия жамоат фондининг Самарқанд вилоят филиали томонидан ташкил этилаётган ҳам ана шундай хайрия тадбирлари кўлами кенгайиб боряпти. Хусусан, бугун филиал ходимлари Каттақўрғон тумани волонтёрлар жамоаси билан ҳамкорликда тумандаги боқувчисини йўқотган, кам таъминланган 15 та оилалар хонадонига совға-саломлар билан кириб боришди....

Муборак Рамазон ойида меҳр-саховат ришталари янада мустаҳкамланиб, кўплаб эзгу амаллар амалга ошмоқда. Минглаб кам таъминланган, эҳтиёжманд оилалар моддий-маънавий қўллаб-қувватланмоқда. Бу каби хайрли ишлар Ўзбекистон мусулмонлари идораси ҳузуридаги «Вақф» хайрия жамоат фонди ва унинг филиаллари томонидан ҳар куни ўтказилмоқда. Хусусан, фонднинг Навоий вилояти филиали томонидан ташкил этилган хайрия тадбири давомида вилоят ҳудудида яшовчи 20 та кам таъминланган оила ҳолидан хабар олинди. Хонадон аҳли билан суҳбат қурилиб, уларнинг муаммолари ўрганилди. Мазкур хонадонларга рамазон туфалари сифатида озиқ-овқат маҳсулотлари тарқатилди. Филиал ходимлари, Дин ишлари...

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi, Xorazm viloyatida ham ijtimoiy koʻmakka muhtoj, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan xayriya tadbirlari jadal surʼatda davom etmoqda.Xususan, kecha “Vaqf” xayriya jamoat fondining Xorazm viloyati filiali tomonidan ana shunday katta xayriya tadbiri tashkil etilib, yuzdan ortiq ehtiyojmand oilalarga xayr-saxovat koʻrsatildi. Saxovatpesha homiylar koʻmagida katta xayriya mahsulotlari yigʻilib, viloyatning Hazorasp tumanida yashovchi 150 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam koʻrsatildi. Ularga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, maishiy texnika, oʻyinchoqlar toʻplami...

Ramazon oyi munosabati bilan Toshkent shahridagi “Tabassum” tantanalar majmuasida iftorlik tashkil qilindi.Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi shiori ostida tashkil etilgan iftorlik dasturxoniga poytaxtimizning o‘nta mahallasida istiqomat qilib kelayotgan kam ta’minlangan oilalar vakillari, nuroniy otaxonalar, obodonlashtirish xizmatining ishchi-xodimlari taklif etildi.Xayriya tadbirida Saudiya arabistoni podshohligining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Sa’d ibn Nosir Abu Haymad, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Jahongir Salamov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.Iftorlik dasturxonida duoga qo‘l ochgan yurtdoshlarimiz...

Mehr va muruvvatga toʻla boʻlgan Ramazon oyida ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalarga koʻrsatilayotgan xayr-saxovat tadbirlarining salmogʻi ham oshib bormoqda.Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining Fargʻona viloyati filiali tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar fikrimiz tasdigʻidir. Yaqinda tashkil etilgan xayriya tadbirlaridan viloyatning turli shahar va tumanlarida yashovchi 300 nafardan ziyod ijtimoiy himoya va moddiy yordamga muhtoj oilalar bahramand boʻlishdi. Ularga muruvvatli xalqimiz bergan oziq-ovqat jamlanmalari, kiyim-kechak, kitoblar va naqd pul mablagʻlari xayriya qilindi.Saxovat ishlarida tunu kun tinim bilmagan filialning shijoatli xodimlari va volontyorlaridan...

To'lov tizimlari orqali ehson

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz