«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan amalga oshirilayotgan ezgu va xayrli ishlar doirasida saxovatpesha xalqimizning ehsonlari asosida shakllantirilgan 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat, umumiy qiymati 55 million so‘mlik yordam jamlanmalari viloyatimizda istiqomat qiluvchi 100 nafar ehtiyojmand hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga tarqatildi.Mazkur xayriya tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida tashkil etildi.🤲 Yurtimizda mehr-oqibat va saxovat an’analarini davom ettirishga hissa qo‘shayotgan muruvvatli xalqimiz hamda fidoyi xodimlarimizdan Alloh taolo rozi bo‘lsin!
"Vaqf" xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati filiali tomonidan Yangiyo‘l tumani Dehqonobod MFYda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro Xushvaqtova Laylo uchun yangi 4 xonali uy-joy barpo etildi.🏠 Uy-joy kaliti tantanali ravishda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari hamda fondning viloyat filiali rahbari Musoxon domla Boboyev tomonidan xonadon sohibasiga topshirildi.Tadbir davomida yangi xonadon ko‘zdan kechirilib, oila farovonligi va kelajagi uchun duolar qilindi.🤲 Alloh taolo ushbu ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlarning xayrli amallarini qabul aylasin.
Qadrli yurtdoshlar! Saxovatpesha homiylar! O‘tgan davrda Sizning «Vaqf» xayriya jamoat fondi orqali qilgan ehsonlaringiz evaziga ko‘plab xayrli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda, minglab ehtiyojmand aholi qatlamiga moddiy-ma’naviy yordamlar ko‘rsatilyapti. Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida respublika bo‘ylab jami 16 mingga yaqin oilaga oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa natura ko‘rinishdagi mahsulotlar xayriya qilindi. 860 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan shaxslarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Shu davrda uyga muhtoj 18 ta oilaga homiylar ko‘magida to‘liq jihozlangan uy olib berildi. 20 ta kam ta’minlangan, ijtimoiy...