Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com

#hafta_dayjesti➖ Fondga murojaat qilib kelgan 67 nafar fuqaroga zakot va xayriya mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida jami 194 mln. so‘m o‘tkazib berildi.➖ “Vaqf» xayriya jamoat fondi Andijon viloyati filiali hamda «Saxovat 2020» fondi hamkorligida saxovatpesha homiylarni jalb etgan holda viloyatdagi boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan 150 nafar ehtiyojmand aholi qatlamiga xayriya dasturxoni yozilib, homiylar hisobidan sovg‘alar topshirildi.➖ PQ-67-sonli qaror bo‘yicha 162 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning davolanishi uchun 1 mlrd. 180 mln. 41 ming 457 so‘m sog‘liqni saqlash muassasalariga o‘tkazib...

Shuni alohida qayd etish joizki, joriy yil davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan ehtiyojmand, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy yordam ko‘rsatish borasida salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.Xususan, Ramazon oyida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 10 ta ehtiyojmand oilaning xaroba holdagi uy-joylari ta’mirlab berilgandi. Ayni paytda esa Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab yana 28 ta ana shunday oilalarning uy-joylari ta’mirlanmoqda. Ta’mirlash imkoni bo‘lmaganlari qayta qurilib, peshma-pesh o‘z egalariga...

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “VAQF” xayriya jamoat fondi tomonidan kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan muntazam xabar olinib, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.Ana shunday savobli tadbirlardan biri sifatida Sirdaryo viloyati Shirin shahar Mirzo Ulug‘bek MFY O‘rikzor ko‘chasi 3-uyda istiqomat qiluvchi, 4 nafar voyaga yetmagan farzandni tarbiyalayotgan fuqaro Dehqonova Dilnoza Erkinjonovnaning yashab turgan uyi yashash uchun mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgani inobatga olinib, barcha zamonaviy sharoitlarga ega yangi uy qurib berildi.2026 yil 15 iyun kuni mazkur xonadonning...

"Vaqf" xayriya jamoat fondi Andijon viloyati filiali hamda "Saxovat 2020" xayriya fondi hamkorligida saxovatpesha homiylarni jalb etgan holda viloyatimizdagi boquvchisini yo‘qotgan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ehtiyojmand fuqarolar uchun xayriya tadbiri tashkil etild📍 Andijon shahridagi “Oltin Saroy” tantanalar saroyida 150 nafardan ortiq fuqarolar uchun xayriya dasturxoni yozilib, ular holidan xabar olindi. Tadbir davomida mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashilib, homiylar ko‘magida tayyorlangan sovg‘alar topshirild🌿 Yurtimizda mehr-oqibat, insonparvarlik va saxovat an’analarini keng targ‘ib etishga xizmat qilayotgan ushbu ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha homiy...

– Fondga murojaat qilib kelgan 59 nafar fuqaroga zakot va xayriya mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida jami 187 mln. so‘m o‘tkazib berildi.– PQ-67-sonli qaror bo‘yicha 134 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning davolanishi uchun 1 mlrd. 305 mln. 574 ming 418 so‘m sog‘liqni saqlash muassasalariga o‘tkazib berildi.– PQ-196-sonli qaror bo‘yicha 651 nafar yetim, boquvchisini yo‘qotgan bolalarning omonat hisobvaraqlariga 1 mlrd. 554. mln. 588 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ o‘tkazib berildi.– “Vaqf” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat filiali tomonidan homiylar ko‘magida viloyat...

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondining Farg‘ona viloyati filiali tomonidan katta xayriya tadbiri tashkil etildi. Homiylar, saxovatli yurtdoshlarimiz yordamida uyushtirilgan tadbir viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasida bo‘lib o‘tdi. Dastlab ertak qahramonlari ishtirokida konsert tashkil etilib, bolajonlar uchun haqiqiy bayramona muhit yaratildi. Bolajonlar maza qilib o‘ynab-kulishdi. Shundan so‘ng muassasada davolanayotgan 300 nafardan ziyod bolajonlargakiyim-kechaklar, turli o‘yinchoqlar sovg‘a qilindi.Yuzlab bemor bolajonlarga shodlik ulashgan, ularni bayram sovg‘alari bilan siylagan saxovatli yurtdoshlarimizdan Alloh rozi bo‘lsin!  "Vaqf" xayriya...

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz