#hafta_dayjesti1. “Vaqf” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan homiylar ko'magida boquvchisi yo‘q ehtiyojmand oilaga 4 xonali yangi uy qurib berildi.https://t.me/vaqfuz/153262. Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi ehtiyojmand oilaning xaroba holatdagi xonadoni “Vaqf” fondi tomonidan ta’mirlanib egalariga topshirildi.https://t.me/vaqfuz/153593. Namangan viloyati Namangan tumanida yashovchi boquvchisi vafot etgan ehtiyojmand oilaga zamonaviy sharoitlarga ega 6 xonali yangi uy barpo etilib topshirildi.https://t.me/vaqfuz/153615. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan zakot va ehson mablag‘lari hisobidan Namangan viloyatidagi “Hidoya”, poytaxtimizda joylashgan Xadichai Kubro o‘rta maxsus islom bilim yurti 15...
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ezgu tashabbus amalga oshirildi.Jumladan, zakot va ehson mablag‘lari hisobidan poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan Xadichai Kubro ayol-qizlar oʻrta maxsus islom bilim yurti talabalari uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi.Alloh taolo marhamat qiladi:“Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz...” (Moida surasi, 2-oyat).Mazkur xayrli ish ilm yo‘lida tahsil olayotgan yoshlarni bilim olishiga munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.🤝 "Vaqf" xayriya jamoat fondiMatbuot xizmati
11
Mar#NamanganMuborak Ramazon oyi munosabati bilan yurtboshimiz tashabbusi bilan respublikamizning barcha hududlarida ehtiyojmand, kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Namangan viloyatida ham ana shunday xayriya ishlari tashkil etilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda. “Vaqf” xayriya jamoat fondi Namangan filiali hamda imom-xatiblar hamkorligida xonadonlarga tashrif buyurib, Ramazon tuhfalarini ulashmoqda. Bu kabi ezgu tadbirlar orqali jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhiti yanada mustahkamlanmoqda.