Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com

#hafta_dayjesti 17.04.2026– “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan zakot va ehson mablag‘lari hisobidan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, «Ko‘kaldosh», Mir Arab, Jo‘ybori Kalon, Sayyid Muhyiddin maxdum (https://t.me/vaqfuz/15432) o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida tahsil olayotgan 101 nafar talaba 743 mln 080 ming 115 so‘mlik to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi. https://t.me/vaqfuz/15442– Saxovatpesha yurtdoshlarimiz va homiylar ko‘magida uzoq yillardan beri uy-joyi bo‘lmagan 14 ta oilaga poytaxtimizning Sergeli tumanida qurilgan ko‘p qavatli uylardan tayyor xonadonlar sovg‘a qilindi. https://t.me/vaqfuz/15431– Fondga murojaat qilib...

Joriy yilning 18-aprel kuni Farg‘ona viloyatida bir qator xayriya va saxovat tadbirlari tashkil etildi. Tadbir davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi vakillari hamda imom-xatiblar hamrohligida Qo‘qon shahridagi erkaklar muruvvat uyiga tashrif buyurdi. U yerda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.Fond tomonidan muruvvat uyiga tagliklar, changyutkich va boshqa zarur jihozlar hadya qilindi.✅ Shu kuni Zayniddin domla Eshonqulov Dang‘ara tumaniga ham tashrif buyurib, imom-xatiblar...

✅ "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan yana bir ezgu ish amalga oshirildi. Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘quvchilarining to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi. Ma’lumki, ilm talab qilish — Islomda eng ulug‘ ibodatlardan biri hisoblanadi. ✅ Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi:“Alloh sizlardan iymon keltirganlar va ilm ato etilganlarning darajalarini baland qiladi.” (Mujodala surasi, 11-oyat)📖 Demak, ilm egalarini qo‘llab-quvvatlash — aslida ularning martabasini yuksaltirishga xizmat qilish bilan birga, bunga sababchi bo‘lgan insonlar uchun ham ulug‘ ajr va...

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz