1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Toshkent shahridagi “Xadichai Kubro” xotin-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ustoz va murabbiylarni sharaflashga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. “Xadichai Kubro” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi yosh xotin-qizlarga diniy va dunyoviy bilimlarni uyg‘un holda o‘rgatish, ularni ilm-ma’rifatli, odob-axloqli hamda jamiyatga munosib xizmat qiladigan yetuk insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilayotgan muhim ta’lim dargohlaridan biridir. Bu ezgu maqsadlarni amalga oshirishda, avvalo, fidoyi ustoz va murabbiylarning mehnati alohida ahamiyat kasb...
Малайзиянинг Куала-Лумпур шаҳрида «Ресту» жамғармаси ва «Вақф» хайрия жамоат фонди вакиллари ўртасида учрашув бўлиб ўтди. Унда «Ресту» фонди раҳбари профессор Дато Абдул Латиф Мираса, «Вақф» хайрия жамоат фонди вакиллари Зайниддин домла Эшонқулов ва Миржалол Қосимов иштирок этди. Ўзбекистон делегацияси вакиллари мазкур жамғармага қарашли «Насриул Қуръон» нашриётига ташриф буюришди. Маълумот учун айтиш жоизки, мазкур босмахонада бир неча тилларда Қуръони карим чоп этилиб, босмахонага бевосита Малайзия ҳукумати томонидан асос солинган ва молиялаштирилади. «Вақф» хайрия жамоат фонди мазкур жамғарма билан яқин ҳамкорлик алоқаларини...
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xorazm viloyatida ustoz va murabbiylarning sharafli mehnatini qadrlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish maqsadida ezgu tadbir tashkil etildi.“Vaqf” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat filiali tomonidan “Imom Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida o‘tkazilgan tadbirda ta’lim maskanida faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarga bayram tuhfalar ulashildi.Tadbir davomida 8 nafar ustozga 5 million so‘mdan, jami 40 million so‘m miqdorida pul mukofoti topshirildi. Shuningdek, boshqa ustoz va o‘qituvchilarga bayram munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlaridan tashkil topgan...