#Bayram_tuhfasi #Etirof1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan oliy va o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda.Navbatdagi e’tibor va g‘amxo‘rlik tadbiri Namangan viloyatidagi “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida o‘tkazildi.Tadbir davomida bilim yurti jamoasidagi:8 nafar mudarrisga 5 million so‘mdan moddiy yordam puli;48 nafar mudarrisga esa oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi bayram hadyasi sifatida topshirildi.Ustoz va murabbiylarning sharafli mehnatini qadrlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda bayram kunlarida ko‘nglini ko‘tarishga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslar izchil davom ettiriladi.Ustozga ehtirom...
10
SepSamarqand viloyati Nurobod tumani Po‘latchi mahallasida istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo‘qotgan Avazova Adolat opa 12 yoshli farzandlari bilan og‘ir sharoitda yashab kelayotgan edi.Oilaning yashab turgan xonadoni ancha xarob holga kelib qolgan bo‘lib, yomg‘irli kunlarda tomidan suv o‘tar, sovuq kunlarda esa xonadonni isitish tobora qiyinlashardi. Farzandi bilan bunday sharoitda kun kechirayotgan Adolat opa uchun munosib va xavfsiz uyga ega bo‘lish katta orzu edi.Bu oilaning og‘ir sharoitidan “Vaqf” xayriya jamoat fondi xabar topdi. Saxovatpesha yurtdoshlarimizning ehson va xayriyalari bilan hamjihatlikda ehtiyojmand oila uchun...
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali tomonidan saxovatpesha homiylar ko‘magida Buxoro shahridagi 24-son “Nurli maskan” ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida xayriya tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida internatda ta’lim olayotgan bolajonlarga 120 dona kuzgi sport kiyimlari ehson qilindi.Ushbu xayriya tadbiri orqali bolajonlarning kuzgi mavsumni yanada qulay va xushkayfiyatda qarshi olishlariga ko‘maklashildi.Rasululloh ﷺ marhamat qilganlar:«Sizlardan birortangiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi ko‘rmaguncha, mo‘min bo‘la olmaydi».(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati)Ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha homiylarimizdan Alloh...