«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus’haf va boshqa ehsonlar topshirildi.Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi:«Kim bir jonni saqlab qolsa, bas, go‘yo barcha odamlarni saqlab qolibdi».(Moida surasi, 32-oyat)Rasululloh ﷺ marhamat qilganlar:«Kim...
Allohning hukmi bilan insonlar moddiy imkoniyatlariga koʻra turli toifalarga boʻlindi. Albatta, Alloh barchani boy qilishga qodir boʻla turib, ularni boy va kambagʻal qilib qoʻyishida juda koʻp hikmat bor. Alloh baʼzilarga rizqni keng va baʼzilarga tor qilib berganidagi asosiy hikmatlardan birini bayon qilib bunday degan:“Agar Alloh bandalarining rizqlarini keng-moʻl qilib yuborsa, albatta, ular yer yuzida tajovuzkorlikka oʻtib ketgan boʻlur edilar. Lekin U oʻzi xohlaganicha oʻlchov bilan (rizq) tushirur. Albatta, U bandalaridan xabardor va (hamma narsani) koʻrib turuvchidir” (Shoʻro surasi, 27-oyat).Sadaqa va...
Sadaqa berishning fazilatlarini savob va ajrlarini keltirib o‘tishdan oldin sadaqa so‘zini yaxshilab tushunib olishimiz lozim. “Sadaqa” so‘zi lug‘atda “Yaxshilik, ehson” ma’nolarini bildiradi. Istilohda esa, Alloh taolo roziligi uchun beriladigan har qanday narsa yoki bajariladigan amal sadaqa sanaladi. Odatda “Sadaqa” deyilsa, faqat muhtojlarga, faqir kishilarga beriladigan har qanday narsa tushuniladi. Aslida, xayr-ehsonning barcha turlarini shu so‘z bilan atasa bo‘laveradi. Sadaqa majburiy va ixtiyoriy bo‘ladi. Majburiy bo‘lgan sadaqa turiga farz va vojib bo‘lgan zakot, ushr, fitr, kafforot kabilar kiradi. Farzu vojibdan keyingi...