O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayram tadbirlari, ezgu tashabbuslar va xayriya aksiyalari keng quloch yoymoqda. Ana shunday savobli va xayrli tadbirlardan biri «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat filiali tomonidan tashkil etildi.Navbatdagi xayriya tadbiri viloyatdagi «Sirpo‘sh ota» ziyoratgohida bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyatining shahar va tumanlaridagi Obodonlashtirish boshqarmalarida mehnat qilayotgan ishchi-xizmatchilarga bayram sovg‘asi sifatida oziq-ovqat jamlanmalari topshirildi.Bu shunchaki bayram sovg‘asi emas, balki yurtimiz ko‘chalari va mahallalarining obodligi, tozaligi va fayz-u tarovatini ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat...
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatida ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tadbirlar davom etmoqda. Shu munosabat bilan Paxtaobod tumanida “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda diniy soha xodimlari ishtirokida “Mehr-saxovat” tadbiri tashkil etildi.Tadbir doirasida tumandagi 100 ta ehtiyojmand xonadon holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. Jumladan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan 12 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va 100 kilogramm xurmo, saxovatpesha homiylar ko‘magida esa 1 tonna un mahsulotlari oilalarga manzilli ravishda...
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatining turli hududlarida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.Mazkur xayrli tadbir O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan, «Vaqf» xayriya jamoat fondi Andijon viloyati filiali tomonidan amalga oshirildi. Yangi o‘quv yili arafasida ehtiyojmand oilalarni farzandlariga maktab formalari xamda zarur o‘quv qurollari olib berilmoqda. Tadbirda «Vaqf» xayriya jamoat fondi Andijon viloyati filiali rahbari Xayrullo domla Sulaymonov ishtirok etib, ehtiyojmand oilalar farzandlarini Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod...