Shu kunlarda Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizning barcha hududida “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida keng ko‘lamli xayriya tadbirlari va iftorlik marosimlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday ezgu anʻana doirasida Samarqand viloyatida ham xayriya tadbirlari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda. Xususan, “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali tasarrufidagi “Chor Chinor” va Shayx Xudoydodi Vali ziyoratgohlari rahbarlari homiylar ko‘magida Urgut va Jomboy tumanlarida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 44 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berishdi. Ana shunday xayrli...
Mehr va muruvvatga toʻla boʻlgan Ramazon oyida ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalarga koʻrsatilayotgan xayr-saxovat tadbirlarining salmogʻi ham oshib bormoqda. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining Fargʻona viloyati filiali tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar fikrimiz tasdigʻidir. Yaqinda tashkil etilgan xayriya tadbirlaridan viloyatning turli shahar va tumanlarida yashovchi 300 nafardan ziyod ijtimoiy himoya va moddiy yordamga muhtoj oilalar bahramand boʻlishdi. Ularga muruvvatli xalqimiz bergan oziq-ovqat jamlanmalari, kiyim-kechak, kitoblar va naqd pul mablagʻlari xayriya qilindi. Saxovat ishlarida tunu kun tinim bilmagan filialning shijoatli xodimlari...
“Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Saudiya Arabistonining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Saʼd ibn Nosir Abu Haymad bilan uchrashdi. Saudiya Arabistonining mamlakatimizdagi elchixonasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda konsullik boʻlimi rahbari Sattam al-Utaybiy va “Vaqf” xayriya jamoat fondi xalqaro aloqalarni rivojlantirish menejeri M.Qosimov ham ishtirok etdi. Dastlab, J. Salamov Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi haqida qisqacha toʻxtalib, tashkil etilganidan to hozirgi kungacha qilingan ishlar, xalqaro aloqalar yuzasidan maʼlumot berib oʻtdi. Elchi janoblari uchrashuv davomida “Vaqf” xayriya jamoat fondi haqida...