Xabar qilganimizdek, Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon ko‘mak va xayriya ishlari markazi tomonidan mamlakatimizga hadya qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini hududlar kesimida tarqatish boshlandi. Kecha xayriya qilingan oziq-ovqat mahsulotlari yuklangan yuk avtomashinalari Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida joylashgan ombordan turli hududlar bo‘ylab yo‘lga tushgandi.Bugundan boshlab «Vaqf» xayriya jamoat fondining hududlardagi filiallarida ularni o‘z egalariga topshirish jarayoni boshlandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyatlardagi boshqarmalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan tadbirlar davomida xayriya mahsulotlarining haqiqiy haqdorlarga yetib borishiga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Malayziyaning O‘zbekistondagi elchixonasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Favqulodda va muxtor elchi Ilham Tuah bin Illias “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Jahongir Salamovni qabul qilib, hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi. Uchrashuvda “Vaqf” fondi vakillari vaqf va xayriya ishlari bo‘yicha ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xodimlar malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashish taklifini berdi. Elchi janoblari Malayziyadagi 14 provinsiyaning har birida mustaqil vaqf tashkiloti mavjudligini bildirib, mazkur tashkilotlar bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondini bog‘lashda, ular bilan hamkorlik o‘rnatishda vositachi bo‘lishga tayyor ekanlgini ta’kidladi....
Hademay ahillik va hamjihatlikni ulug‘lovchi ramazon oyi kirib kelib, kam taʻminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar yanada kuchaytiriladi. Ushbu fazilli va barokatli oyda moddiy-maʻnaviy yordamlar ko‘lamini yanada ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi ko‘p yillardan buyon Saudiya podshohligi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu hamkorlik natijasida Saudiya tomoni, xususan Podshoh Salmon ko‘mak va xayriya ishlari markazi aynan ramazon oyida O‘zbekistonga ehtiyojmand aholi qatlami uchun hurmo mevasi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, Qurʻon kitoblari hadya...