Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
FARG‘ONA VILOYATIDA XAYRIYA VA SAXOVAT TADBIRLARI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 18-aprel kuni Farg‘ona viloyatida bir qator xayriya va saxovat tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi vakillari hamda imom-xatiblar hamrohligida Qo‘qon shahridagi erkaklar muruvvat uyiga tashrif buyurdi. U yerda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
Fond tomonidan muruvvat uyiga tagliklar, changyutkich va boshqa zarur jihozlar hadya qilindi.
2Q==✅ Shu kuni Zayniddin domla Eshonqulov Dang‘ara tumaniga ham tashrif buyurib, imom-xatiblar va boshqa mutasaddilar ishtirokida tuman hududida istiqomat qilayotgan 100 ta xonadonga kirib borildi. Oilalarning yashash sharoitlari o‘rganildi. Nogironligi bo‘lgan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yurtdoshlarimiz yashayotgan oilalarga ham tashrif buyurilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi. Mavjud muammolar imkon qadar hal etilib, zarur yordamlar ko‘rsatildi.
Z📦 Ushbu tashriflar davomida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan 100 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari va zarur xo‘jalik buyumlari yetkazib berildi. Kam ta’minlangan, bemor va yetim farzandlari bor oilalarga moddiy hamda ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.

2Q==🌱 Shuningdek, hududda obodonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilib, “Yashil makon” loyihasi doirasida 100 ga yaqin ko‘chat ekildi.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali ehson

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz