Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
Mehr va saxovat — inson qadrini ulug‘laydi: Yana bir zamonaviy xonadon o‘z egalariga topshirildi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “VAQF” xayriya jamoat fondi tomonidan kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan muntazam xabar olinib, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday savobli tadbirlardan biri sifatida Sirdaryo viloyati Shirin shahar Mirzo Ulug‘bek MFY O‘rikzor ko‘chasi 3-uyda istiqomat qiluvchi, 4 nafar voyaga yetmagan farzandni tarbiyalayotgan fuqaro Dehqonova Dilnoza Erkinjonovnaning yashab turgan uyi yashash uchun mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgani inobatga olinib, barcha zamonaviy sharoitlarga ega yangi uy qurib berildi.
2026 yil 15 iyun kuni mazkur xonadonning tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “VAQF” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati vakillari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik ishtirok etib, xonadon sohiblarining quvonchiga sherik bo‘lishdi.
Tadbir davomida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, inson qadrini ulug‘lash va saxovat hamda mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlarni keng targ‘ib etish yurtimizda olib borilayotgan xayrli ishlar samarasi ekani alohida ta’kidlandi.

2Q==Z9k=9k=Z2Q==

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz