Ramazon oyi munosabati bilan Toshkent shahridagi “Tabassum” tantanalar majmuasida iftorlik tashkil qilindi.
Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi shiori ostida tashkil etilgan iftorlik dasturxoniga poytaxtimizning o‘nta mahallasida istiqomat qilib kelayotgan kam ta’minlangan oilalar vakillari, nuroniy otaxonalar, obodonlashtirish xizmatining ishchi-xodimlari taklif etildi.
Xayriya tadbirida Saudiya arabistoni podshohligining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Sa’d ibn Nosir Abu Haymad, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Jahongir Salamov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
Iftorlik dasturxonida duoga qo‘l ochgan yurtdoshlarimiz yurtga tinchlik-omonlik so‘radilar.