Joriy yilning 18-aprel kuni Farg‘ona viloyatida bir qator xayriya va saxovat tadbirlari tashkil etildi. Tadbir davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi vakillari hamda imom-xatiblar hamrohligida Qo‘qon shahridagi erkaklar muruvvat uyiga tashrif buyurdi. U yerda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.Fond tomonidan muruvvat uyiga tagliklar, changyutkich va boshqa zarur jihozlar hadya qilindi.✅ Shu kuni Zayniddin domla Eshonqulov Dang‘ara tumaniga ham tashrif buyurib, imom-xatiblar...
“Vaqf” fondining Farg‘ona viloyati filiali tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan “Farg‘ona ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi”da buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud ayyomi munosabati bilan “Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomizning moddiy va ma’naviy merosi” mavzusida tarixiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Mazkur tadbirda ta’lim muassasasining 200 nafardan ortiq talabalari hamda ustozlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida tarixchi, islomshunos va sharqshunos olim Muso Ershili Amir Temur davlatchiligi, uning yuksak siyosiy tafakkuri hamda boy moddiy va ma’naviy merosi haqida atroflicha ma’ruza qildi.Uchrashuv yakunida eng faol ustozlar...
✅ "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan yana bir ezgu ish amalga oshirildi. Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘quvchilarining to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi. Ma’lumki, ilm talab qilish — Islomda eng ulug‘ ibodatlardan biri hisoblanadi. ✅ Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi:“Alloh sizlardan iymon keltirganlar va ilm ato etilganlarning darajalarini baland qiladi.” (Mujodala surasi, 11-oyat)📖 Demak, ilm egalarini qo‘llab-quvvatlash — aslida ularning martabasini yuksaltirishga xizmat qilish bilan birga, bunga sababchi bo‘lgan insonlar uchun ham ulug‘ ajr va...