05
AprRamazon — mehr-muruvvat, saxovat va shukronalik oyi. Bu muborak kunlarda ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish xayrli an’anaga aylangan. Joylarda tashkil etilayotgan bunday xayr-saxovatdan, ezgu amallardan ilm ahli – ustozu toliblar ham birdek bahramand bo‘lishmoqda.O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali tashabusi bilan viloyatning Payariq tumanida joylashgan Hadis ilmi maktabida tashkil etilgan iftorlik fikrimizning tasdig‘idir. Homiylarni jalb qilgan holda o‘tkazilgan iftorlikka mazkur maktabda tahsil olayotgan 100 nafardan ortiq...
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini Beruniy ko‘chasi 17-uyda yashovchi bir oilaning holati, oila a’zolarining yashash sharoiti havas qiladigan darajada emas edi. Oila boshlig‘i 2017-yilda vafot etganligi bois besh nafar farzand bilan yolg‘iz qolgan Mehriban Qoshimbetova hayotda ancha qiynalib, turmushning og‘ir sinovlariga dosh berib kelayotgandi. Ushbu oilaga ko‘mak berish, yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali homiylarni jalb qilgan holda xayrli ishni amalga oshirishdi. Ushbu manzildagi eski uy to‘liq buzilib, o‘rnida barcha zamonaviy sharoitlarga...
Муборак Рамазон ойи муносабати билан Ўзбекистон мусулмонлари идораси ҳузуридаги “Вақф” хайрия жамоат фонди томонидан ҳомийларни жалб қилган ҳолда кўплаб хайрия тадбирлари ташкил этилмоқда. Ўзгалар парваришига муҳтож, эҳтиёжманд оилалар ҳолидан хабар олиниб, бундай оилалар хонадонига ҳам рамазон шукуҳи олиб кириляпти. “Вақф” хайрия жамоат фондининг Самарқанд вилоят филиали томонидан ташкил этилаётган ҳам ана шундай хайрия тадбирлари кўлами кенгайиб боряпти. Хусусан, бугун филиал ходимлари Каттақўрғон тумани волонтёрлар жамоаси билан ҳамкорликда тумандаги боқувчисини йўқотган, кам таъминланган 15 та оилалар хонадонига совға-саломлар билан кириб боришди....