Mehr va muruvvatga toʻla boʻlgan Ramazon oyida ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalarga koʻrsatilayotgan xayr-saxovat tadbirlarining salmogʻi ham oshib bormoqda.Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining Fargʻona viloyati filiali tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar fikrimiz tasdigʻidir. Yaqinda tashkil etilgan xayriya tadbirlaridan viloyatning turli shahar va tumanlarida yashovchi 300 nafardan ziyod ijtimoiy himoya va moddiy yordamga muhtoj oilalar bahramand boʻlishdi. Ularga muruvvatli xalqimiz bergan oziq-ovqat jamlanmalari, kiyim-kechak, kitoblar va naqd pul mablagʻlari xayriya qilindi.Saxovat ishlarida tunu kun tinim bilmagan filialning shijoatli xodimlari va volontyorlaridan...
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan «Vaqf» xayriya jamoat fondi va uning hududlardagi filiallarida xayr-saxovat va insonparvarlikka qaratilgan ezgu tadbirlar izchil davom etmoqda. Ayniqsa, fazilatli kunlarda o‘zgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi bor, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, ko‘ngli o‘ksik insonlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida eʻtibor qaratilmoqda. Xususan, kecha fondning Andijon viloyati filiali tomonidan homiylarni jalb qilgan holda yana bir savobli ishga qo‘l urildi. Shu kuni viloyat hududida istiqomat qilib kelayotgan, boquvchisi vafot etgan, yolg‘iz va ehtiyojmand 13 ta oilalar holidan xabar olindi. Turmush tarzi,...
Prezidentimiz tashabbusi bilan «Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi» degan ezgu g‘oya asosida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan xayr-saxovat tadbirlari davomida ko‘ngli o‘ksik kishilar, bemorlar, keksalar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinayotgani chinakam mehr-muruvvatning, ahillikning ifodasi bo‘lyapti, desak yangilishmagan bo‘lamiz.Kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati vakilligi, «Vaqf» xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati filiali tomonidan ana shunday tadbir tashkil etildi. Toshkent viloyati bosh imom-xatibi D. Ikromov, filial rahbari M. Sultonov, hamda Sadr ota jome masjidi imom-xatibi F. Izzatillaevlar tumanning «Gulbog‘» mahalla fuqarolar yig‘ini...