Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com

Qishning sovuq kunlarida kimningdir mushkulini aritish, dillarga iliqlik olib kirishdan ortiq xayrli amal bo‘lmasa kerak. Negaki, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisi vafot etgan nochor oilalar uchun bu kunlar haqiqiy sinov davri bo‘lib, ular bu paytda ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishadi. “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali ana shu jihatni ehtiborga olgan holda, xayriya tadbirlari salmog‘ini har doimgidanda oshirishgan. Kecha filial xodimlari “Mehr-2020” jamoasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatining chekka hududlarida istiqomat qiluvchi, boquvchisi vafot etgan 157 ta oila holidan xabar olishdi. Bu...

Turkiya Respublikasida sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan Janna Group hamda Hasan Kalyoncu Universitesi O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatmoqda. Yaqinda mazkur kompaniyalar vakillari Hasan O‘zkarajalar va Ehsan Kalyonji «Vaqf» xayriya jamoat fondiga tashrif buyurdi. Ularni fond boshqaruvi rahbari Jahongir Salamov kutib oldi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini grant asosida Hasan Kalyoncu Universitesi ta’lim muassasasiga jalb qilish, shuningdek tibbiyot yo‘nalishida...

Buvayda tumanida joylashgan Toshkent Islom instituti qoshidagi Qur’on va tajvidni o‘rgatish kursida tahsil olayotgan 110 nafar tinglovchiga «Vaqf» fondi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan muqaddas Qur’oni karim mushaflari sovg‘a qilindi.   Mazkur tadbir davomida ishtirokchilar Respublikamizda diniy-ma’rifiy va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan izchil islohotlarni e’tirof etib, Vatanimiz tinchligi va ravnaqi bardavom bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab duoi xayrlar qildilar.

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz