Muborak Ramazon oyi munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi, Xorazm viloyatida ham ijtimoiy koʻmakka muhtoj, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan xayriya tadbirlari jadal surʼatda davom etmoqda.Xususan, kecha “Vaqf” xayriya jamoat fondining Xorazm viloyati filiali tomonidan ana shunday katta xayriya tadbiri tashkil etilib, yuzdan ortiq ehtiyojmand oilalarga xayr-saxovat koʻrsatildi. Saxovatpesha homiylar koʻmagida katta xayriya mahsulotlari yigʻilib, viloyatning Hazorasp tumanida yashovchi 150 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam koʻrsatildi. Ularga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, maishiy texnika, oʻyinchoqlar toʻplami...
Ramazon oyi munosabati bilan Toshkent shahridagi “Tabassum” tantanalar majmuasida iftorlik tashkil qilindi.Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi shiori ostida tashkil etilgan iftorlik dasturxoniga poytaxtimizning o‘nta mahallasida istiqomat qilib kelayotgan kam ta’minlangan oilalar vakillari, nuroniy otaxonalar, obodonlashtirish xizmatining ishchi-xodimlari taklif etildi.Xayriya tadbirida Saudiya arabistoni podshohligining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Sa’d ibn Nosir Abu Haymad, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Jahongir Salamov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.Iftorlik dasturxonida duoga qo‘l ochgan yurtdoshlarimiz...
Mehr va muruvvatga toʻla boʻlgan Ramazon oyida ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalarga koʻrsatilayotgan xayr-saxovat tadbirlarining salmogʻi ham oshib bormoqda.Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining Fargʻona viloyati filiali tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar fikrimiz tasdigʻidir. Yaqinda tashkil etilgan xayriya tadbirlaridan viloyatning turli shahar va tumanlarida yashovchi 300 nafardan ziyod ijtimoiy himoya va moddiy yordamga muhtoj oilalar bahramand boʻlishdi. Ularga muruvvatli xalqimiz bergan oziq-ovqat jamlanmalari, kiyim-kechak, kitoblar va naqd pul mablagʻlari xayriya qilindi.Saxovat ishlarida tunu kun tinim bilmagan filialning shijoatli xodimlari va volontyorlaridan...