Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com

Malayziyaning O‘zbekistondagi elchixonasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Favqulodda va muxtor elchi Ilham Tuah bin Illias “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Jahongir Salamovni qabul qilib, hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi. Uchrashuvda “Vaqf” fondi vakillari vaqf va xayriya ishlari bo‘yicha ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xodimlar malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashish taklifini berdi. Elchi janoblari Malayziyadagi 14 provinsiyaning har birida mustaqil vaqf tashkiloti mavjudligini bildirib, mazkur tashkilotlar bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondini bog‘lashda, ular bilan hamkorlik o‘rnatishda vositachi bo‘lishga tayyor ekanlgini ta’kidladi....

Hademay ahillik va hamjihatlikni ulug‘lovchi ramazon oyi kirib kelib, kam taʻminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar yanada kuchaytiriladi.   Ushbu fazilli va barokatli oyda moddiy-maʻnaviy yordamlar ko‘lamini yanada ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi ko‘p yillardan buyon Saudiya podshohligi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu hamkorlik natijasida Saudiya tomoni, xususan Podshoh Salmon ko‘mak va xayriya ishlari markazi aynan ramazon oyida O‘zbekistonga ehtiyojmand aholi qatlami uchun hurmo mevasi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, Qurʻon kitoblari hadya...

Qishning sovuq kunlarida kimningdir mushkulini aritish, dillarga iliqlik olib kirishdan ortiq xayrli amal bo‘lmasa kerak. Negaki, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisi vafot etgan nochor oilalar uchun bu kunlar haqiqiy sinov davri bo‘lib, ular bu paytda ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishadi. “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali ana shu jihatni ehtiborga olgan holda, xayriya tadbirlari salmog‘ini har doimgidanda oshirishgan. Kecha filial xodimlari “Mehr-2020” jamoasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatining chekka hududlarida istiqomat qiluvchi, boquvchisi vafot etgan 157 ta oila holidan xabar olishdi. Bu...

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz