Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com

Turkiya Respublikasida sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan Janna Group hamda Hasan Kalyoncu Universitesi O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatmoqda. Yaqinda mazkur kompaniyalar vakillari Hasan O‘zkarajalar va Ehsan Kalyonji «Vaqf» xayriya jamoat fondiga tashrif buyurdi. Ularni fond boshqaruvi rahbari Jahongir Salamov kutib oldi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini grant asosida Hasan Kalyoncu Universitesi ta’lim muassasasiga jalb qilish, shuningdek tibbiyot yo‘nalishida...

Buvayda tumanida joylashgan Toshkent Islom instituti qoshidagi Qur’on va tajvidni o‘rgatish kursida tahsil olayotgan 110 nafar tinglovchiga «Vaqf» fondi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan muqaddas Qur’oni karim mushaflari sovg‘a qilindi.   Mazkur tadbir davomida ishtirokchilar Respublikamizda diniy-ma’rifiy va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan izchil islohotlarni e’tirof etib, Vatanimiz tinchligi va ravnaqi bardavom bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab duoi xayrlar qildilar.

Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida Asaka tumanidagi “Fayziobod” jome masjidida viloyat shahar va tumanlari bosh imom-xatiblari hamda hojilar ishtirokida tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblarning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida sayyor seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Dastavval seminar ishtirokchilari – shahar va tuman bosh imom-xatiblari o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarga borishiib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazishdi. Ularni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi. Bu jarayonda 60 ta kam taʻminlangan, ehtiyojmand oilaga «Vaqf» xayriya jamoat fondining Andijon viloyati filiali hamda homiylari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar xayriya...

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz