Muborak Ramazon oyi munosabati bilan «Vaqf» xayriya jamoat fondi va uning hududlardagi filiallarida xayr-saxovat va insonparvarlikka qaratilgan ezgu tadbirlar izchil davom etmoqda. Ayniqsa, fazilatli kunlarda o‘zgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi bor, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, ko‘ngli o‘ksik insonlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida eʻtibor qaratilmoqda. Xususan, kecha fondning Andijon viloyati filiali tomonidan homiylarni jalb qilgan holda yana bir savobli ishga qo‘l urildi. Shu kuni viloyat hududida istiqomat qilib kelayotgan, boquvchisi vafot etgan, yolg‘iz va ehtiyojmand 13 ta oilalar holidan xabar olindi. Turmush tarzi,...
Prezidentimiz tashabbusi bilan «Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi» degan ezgu g‘oya asosida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan xayr-saxovat tadbirlari davomida ko‘ngli o‘ksik kishilar, bemorlar, keksalar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinayotgani chinakam mehr-muruvvatning, ahillikning ifodasi bo‘lyapti, desak yangilishmagan bo‘lamiz.Kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati vakilligi, «Vaqf» xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati filiali tomonidan ana shunday tadbir tashkil etildi. Toshkent viloyati bosh imom-xatibi D. Ikromov, filial rahbari M. Sultonov, hamda Sadr ota jome masjidi imom-xatibi F. Izzatillaevlar tumanning «Gulbog‘» mahalla fuqarolar yig‘ini...
Shu kunlarda Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizning barcha hududida “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida keng ko‘lamli xayriya tadbirlari va iftorlik marosimlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday ezgu anʻana doirasida Samarqand viloyatida ham xayriya tadbirlari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda. Xususan, “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali tasarrufidagi “Chor Chinor” va Shayx Xudoydodi Vali ziyoratgohlari rahbarlari homiylar ko‘magida Urgut va Jomboy tumanlarida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 44 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berishdi. Ana shunday xayrli...